Internet orqali ulanish

www.u-pay.uz saytiga kiring, yuqori o'ng tomondagi «Ro'yxatdan o'tish» tugmasini bosing. Ommaviy offerta bilan tanishib chiqing va rozi bo'lgan holingizda belgini qo'yib «Davom ettirish» tugmasini bosing.

Kerakli bo'lgan barcha maydonlarni to'ldiring: operator prefiksi va SMS-xabarnoma xizmati ulangan telefon raqami, 16-xonali UZCARD (online) karta raqami, 4-xonali kartaning amal qilish muddati va xavfsizlik kodi (kiritish maydoni oldida ko'rsatilgan). «Davom ettirish» tugmasini bosing. Tizim Siz belgilagan telefon raqamingizga tasdiqlash kodini yuboradi. Kiritilgan ma'lumotlar to'g'riligini tekshiring, so'ng, tasdiqlash kodini kiriting. «Davom ettirish» tugmasini bosing.

So'nggi qadamda siz ro'yxatdan o'tish holatini ko'rasiz. Agar jarayon muvaffaqiyatli o'tgan bo'lsa, siz tizimga kirish uchun kerak bo'ladigan login va parolni o'z ichiga olgan SMS-xabarni olasiz. Bu shaxsiy ma'lumotlar www.u-pay.uz sayti uchun hamda Android, iOS va Java dasturlariga shaxsiy kabineti uchun ham o'rinlidir. Yuborilgan parolni shaxsiy kabinet orqali yaxshi himoyalangan parolga o'zgartirish maslahat qilamiz. Login va Parolingizni xavfsiz va begona shaxslardan holi joyda saqlashingizni so'raymiz! Login tizimda identifikatsiya uchun kerak parol esa to'lov paytida SMS-xabarnomada tranzaksiya uchun so'raladi. Etiboringiz uchun: bir "SMS-xabarnoma" xizmati mavjud bo'lgan uyali telefon raqamiga ikki va undan ortiq bank kartasini ulash mumkin. Bir nechta raqamga kartalarni ulash mumkin emas. Ushbu tartib "UPAY" xizmati tomonidan xavfsizlik uchun o'rnatilgan.

Яндекс.Метрика