U-PAY tizimida ro'yhatdan o'tish
(DEMO)

  • Operator
9:41
100%
Plastik karta to'lovlarini boshqarish
Kirish
Ro'yxatdan o'tish
U-PAY tizimiga ulanadigan to'lov kartalari "uzcard" tizimiga tegishli bo'lishi (karta raqami 8600 dan boshlanishi) va "sms-info" xizmati yoqilgan bo'lishi shartkartangizga "sms-info" xizmati yoqilganmi?
Yo'q
Ha
OMMAVIY OFERTA
«UPAY» TO’LOV HIZMATIDAN FOYDALANISH TO’G’RISIDA
1. Atamalar va ta’riflar

1.1. «Hizmat» – «UPAY» to’lov hizmati yordamida hisob-kitob munosabatlari Ishtirokchilari (matn davomida Foydalanuvchilar, mahsulot va hizmatlar Ta’minotchilari, Banklar va YAUPM) o’rtasida o’zaro ahborot-tehnologik hamkorlikni amalga oshiradigan Savdo-Sanoat Palatasi qoshidagi «SSP-MAROQAND» Unitar korhona.

1.2. «Hizmat Sayti» – Internet tarmog’ida www.u-pay.uz manzili bo’yicha joylashtirilgan sayt bo’lib, unda Hizmat va undan foydalanish shartlari to’g’risidagi ma’lumotlar keltirilgan, shuningdek, unda Foydalanuvchining Shahsiy kabineti interfeysi joylashtirilgan.

1.3. «Foydalanuvchi» – O’zR fuqaroligi, to’liq huquqiy va ishga layoqatlilikka ega bo’lgan, Shartnoma shartlariga muvofiq uning jihatlarini amalga oshirgan jismoniy shahs.

1.4. «Ta’minotchi» – Foydalanuvchi «UPAY» to’lov hizmati orqali Ta"minotchi yetkazib bergan mahsulotlar, ishlar va hizmatlar uchun to’lovni amalga oshiradigan mahsulotlar savdosini amalga oshiradigan, yoki hizmatlarni taqdim etadigan, yoki ishlarni bajaradigan jismoniy yoki yuridik shahs.

1.5. «Bank» — Bank o’z mijozi - «Foydalanuvchi» bilan shartnoma majburiyatlariga ega bo’lgan, Hizmatda ro’yhatdan o’tgan va Hizmat ma’lumotlar bazasida Foydalanuvchi mablag’larining joriy qoldig’i, To’lovlar tarihiga oid ma"lumotlar hamda Foydalanuvchi harakatlariga doir boshqa ahborotlar keltirilgan hisob qaydiga ega bo’lgan UZKARD EMV “SMART VISTA” kartalari emitenti.

1.6. «To’lov» — Foydalanuvchiga tegishli bo’lgan hamda Ta"minotchilaridan harid qilinadigan mahsulotlar, ishlar va hizmatlar uchun to’lov sifatida Ta"minotchilarning hisob raqamlariga «UPAY» to’lov hizmati orqali Foydalanuvchi tomonidan Agentlar yordamida kiritilgan pul vositalari.

1.7. «Ro’yhatdan o’tish» – Foydalanuvchining mazkur shahs bilan joriy Bitimni tuzish va ma’lum Hizmat turidan foydalanish faktini belgilash/tasdiqlash imkonini beradigan identifikatsiya ma"lumotlarini taqdim etish bo’yicha harakatlari.

1.8. «Avtorizatsiya» – Foydalanuvchi taqdim etgan identifikatsiya ma’lumotlarining Hizmat tomonidan tahlil qilinishi jarayoni bo’lib, uning natijasida Foydalanuvchida hizmatlardan foydalanish huquqining mavjudligi aniqlanadi.

1.9. «Foydalanuvchining Shahsiy kabineti» – Foydalanuvchi tomonidan Bankdagi hisob raqami boshqarilishi uchun mo’ljallangan Hizmat dasturiy ta’minotining mijolarga oid qismi bo’lib, undan avtorizatsiya, identifikatsiya hamda ERI (elektron raqamli imzo) yordamida hizmatga kirilganidan so’ng foydalanish mumkin.

1.10. «ERI» - shaxsiy imzoning analogi bo’lib, Foydalanuvchi nomidan amalga oshiriladigan bitimlar, farmoyishlar, talablar va ogohlantirishlarning to’laqonli tasdig’i sifatida tan olinishi uchun zarur va yetarlicha deb belgilangan, Foydalanuvchi identifikatsiya ma"lumotlarining shifrlangan raqamli ketma-ketliklar va parol ko’rinishidagi birlashmasidir.

1.11. «YAUPM» - «Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi» MCHJ QK «UZCARD» Banklararo To’lov tizimida (BTT) protsessor vazifasini amalga oshirib, Bank uchun hizmatlar majmui, jumladan, emissiya va bank kartalari bo’yicha tranzaktsiyalarni protsessingni ta"minlaydi.

2. To’lov hizmati
class="font-bold">

2.1. Hizmat mazkur shartnoma bo’yicha tomonlarning o’zaro huquqlari va majburiyatlari yuzaga kelishi, o’zgarishi yoki to’htatilishiga oid holatlarning elektron hisob registrida qayd etib boradi.

2.2. Foydalanuvchi ERIsini qo’llash elektron hujjat hamda uni imzolagan shaxsning guvohnomasi asl nusxadaligini tekshirishni ta’minlab beradi. Avtorizatsiya va Foydalanuvchi tomonidan to’lov hizmatini qo’llashda uzatiladigan elektron habarlarda ERIdan foydalanish O’zR qonunchiligi talablariga muvofiq qo’lyozma imzolardan foydalanishga muqobil bo’lgan yuridik majburiyatlarni yuzaga keltiradi, shuningdek, Oferta shartlarini bajarish bilan bog’liq barcha hujjatlar va tasdiqlangan ERI yozma shakldagi hujjatlar sifatida tan olinadi.

2.3. Foydalanuvchi tomonidan kiritilgan ERI muqobilligi va Mijoz tomonidan tegishli to’lov amalga oshirilishi uchun bo’nak mablag’lar yetarliligi tekshirilganidan so’ng, Hizmat ERI muvofiqligi va bo’nak mablag’ qoldiqlari tekshiruvining natijasidan kelib chiqib, Foydalanuvchiga tegishli to’lov ijrosining qabul etilgani yoki bekor qilingani haqida habar beradi.

2.4. Hizmat Foydalanuvchining Ta’minotchi bilan bitimi huquqiyligi, uning shartlari, shuningdek, bitimni tuzish, ijro etish va bekor qilish fakti va oqibatlari, jumladan bunday bitim bo’yicha to’lov qaytarilishi sohasini tartibga solmaydi va nazorat qilmaydi. Shu bilan birga, Hizmat Ta’minotchi tomonidan bitim bo’yicha, jumladan, mahsulotlarni taqdim etish, hizmat ko’rsatish yoki ish bajarish bo’yicha o’z majburiyatlarining bajarilmagani (muvofiq ravishda bajarilmagani)ga oid Foydalanuvchining shikoyatlarini ko’rib chiqmaydi.

2.5. Foydalanuvchi uchun to’lov hizmatini taqdim etish va undan foydalanish bo’yicha hizmatlar bepul. Foydalanuvchi mazkur Oferta orqali yuzaga keladigan tomonlan munosabatlariga O’zR iste’molchilar huquqlarini muhofaza qilish qonunchiligi me’yorlari ta’sir etmasligini tushunadi, chunki Foydalanuvchi uchun «UPAY» to’lov hizmati orqali taqdim etiladigan hizmatlar beminnat hususiyatga ega.

2.6. Ta’minotchidan harid qilinadigan mahsulotlar, ishlar, hizmatlar uchun to’lov sifatida «UPAY» to’lov hizmati orqali amalga oshirilgan To’lovlar qaytarilmaydi.

3. Maxfiylik va havfsizlik

3.1. Tomonlar Hizmatda ayirboshlanadigan yoki Hizmatni qo’llash tufayli Tomonlar foydalanishi mumkin bo’lgan ahborot va hujjatlarning havfsizligi va muhofazasibo’yicha barcha zarur choralarni amalga oshirish majburiyatini oladilar.

3.2. Foydalanuvchi mahfiylikni saqlash, noqonuniy qo’llanilishining oldini olish va uchinchi shahslarning identifikatsiya ma’lumotlariga noqonuniy ravishda kirishidan muhofaza qilish bo’yicha barcha zarur choralarni mustaqil ravishda qabul qiladi.

3.3. Hizmat Foydalanuvchining shahsiy ma’lumotlari, shuningdek, to’lov hizmatidan foydalanish natijasida Hizmatga ma’lum bo’lgan Foydalanuvchi haqidagi boshqa ahborotlarning maxfiyligiga rioya etadi. Bunda O’zR qonunchiligida nazarda tutilgan holatlar mustasno.

3.4. Tomonlar quyidagi majburiyatlarni qabul qiladi:

3.4.1. To’lov hizmati yordamida noqonuniy moliyaviy operatsiyalar, noqonuniy savdo, jinoiy yo’l bilan olingan daromadlarni qonuniylashtirish bo’yicha amaliyotlar va O’zR qonunchiligiga zid bo’lgan har qanday boshqa operatsiyalarni amalga oshirmaslik.

3.4.2. Noqonuniy savdo, noqonuniy moliyaviy operatsiyalar, shuningdek, jinoiy yo’l bilan olingan daromadlarni qonuniylashtirishga qaratilgan operatsiyalarni amalga oshirishga oid urinishlarning oldini olish.

3.5. Foydalanuvchiga to’lov hizmatidan tizimli ravishda foyda olish yoki daromadni yashirishga qaratilgan operatsiyalarni amalga oshirish yo’lida foydalanish ta’qiqlanadi. Foydalanuvchi ro’yhatdan o’tmasdan yoki ro’yhatdan o’tish qoidalarini buzib, yoki litsenziya talablari va shartlariga rioya qilmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirganligi uchun tortiladigan jinoiy va ma’muriy javobgarliklardan habardor etiladi.

4. Foydalanuvchining Hizmatda ro’yhatdan o’tishi

«UPAY» to’lov hizmatida Foydalanuvchi faqatgina UZKARD EMV “SMART VISTA” (online) shahsiy plastik kartochkasi YAUPM tomonidan taqdim etiladigan hamda kartaning emitent Banki yoki eng yaqin infokiosk yoki bankomatda ulanish mumkin bo’lgan «SMS Habarnoma» nomli hizmatga ulanganidan so’nggina ro’yhatdan o’tishi mumkin.

4.1. Foydalanuvchi tomonidan hizmatlar ko’rsatish to’g’risidagi Shartnomaning tuzilishi quyidagi vazifalar ketma-ketligini bajarish yordamida ommaviy ofertani qabul qilish orqali amalga oshiriladi:

4.1.1. Ro’yhatdan o’tish chog’ida tegishli bandni tanlash orqali Mijozning Oferta shartlariga roziligini tasdiqlash (Qabul qilaman/ qabul qilmayman);

4.1.2. Identifikatsiya ma"lumotlarini kiritish:

- UZKARD EMV “SMART VISTA”(online) shahsiy plastik kartochkasining raqami;

- kartaning amal qilish muddati (karta muddati tugaydigan oy va yil);

- TIZIMDA ro’yhatdan o’tkazilgan karta emitent Banki nomini tanlash.

Shundan so’ng TEKSHIRISH havolasiga bosish orqali ma’lumotlarni tekshirib chiqish zarur.

Dastlab kiritilgan ma’lumotlarning muvaffaqiyatli tekshiruvdan o’tganligi Telefon raqami (Sizning shahsiy telefoningizning 9 ta raqami) hamda Login (bank kodi va shahsiy telefoningizning 9 ta raqami) oynalarida paydo bo’lish orqali tasdiqlanadi.

4.1.3. Siz tegishli shahsiy ma’lumotlar oynalarini to’ldirishingiz, Captcha testini kiritishingiz va «Enter» tugmasini bosishingiz kerak.

Ro’yhatdan o’tish muvaffaqiyatli amalga oshirilgan bo’lsa, ro’yhatdan o’tishda ko’rsatilgan Sizning shaxsiy mobil telefoningizga mobil ilovani ro’yhatdan o’tkazish uchun zarur login va parol' ko’rsatilgan SMS-habar keladi.

4.1.4. So’ngra Siz mobil telefoningizga u-pay.uz saytining bosh sahifasida joylashgan mobil ilovani o’rnatishingiz (yuklab olishingiz) zarur. Saytning bosh sahifasiga kirgach, mobil telefoningizning markasi va modeliga mos keladigan mobil ilovani tanlaysiz. Ilovani quyidagicha yuklab olish mumkin:

- to’g’ridan-to’g’ri internetdan yoki Bluetooth orqali Android tizimidagi telefonlarga;

- Bluetooth yoki USB kabel' orqali komp'yuterdan istalgan barcha boshqa marka telefonlariga.

Mobil ilovani o’rnatib, login va parol' kiritilganidan so’ng, Siz ommaviy oferta shartlarining yakuniy qarorini qabul qilishingiz (o’qib chiqdim va qabul qilaman/ o’qib chiqdim va qabul qilmayman) kerak va shu bilan ERI kalitlarini yuzaga keltirish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Rozilik bildirgan taqdiringizda, Siz bir vaqtning o’zida ERI kalitlarini yuzaga keltirib, Ommaviy oferta shartlarini imzolaysiz va qabul qilasiz. ERI kalitlarini yuzaga keltirish Sizning shaxsiy mobil telefoningiz ekranida vaqti-vaqti bilan paydo bo’ladigan KEYINGISI topshirig’ini berish orqali amalga oshiriladi.

4.1.5. Foydalanuvchi Hizmatda ro’yhatdan o’tishga doir barcha tushunmagan masalalari bo’yicha 150-60-06 telefon raqami orqali doimiy qo’llab-quvvatlash hizmatiga murojaat qilishi mumkin.

4.1.6. UPAY hizmati uchun ERI qiymati bir yilda 1000 so’mni tashkil qiladi. Ushbu summa taqdim etilgan hizmat uchun birinchi to’lov vaqtida Foydalanuvchining karta hisobidan avtomat ravishda yechib olinadi.

4.1.7. Shartnoma Foydalanuvchi tomonidan yuqorida keltirilgan barcha harakatlar amalga oshirilib, Hizmatda ro’yhatdan o’tganlik haqidagi habar olingan vaqtdan boshlab kuchga kiradi. Shartnomaning tuzilganligi Foydalanuvchi hizmatlar taqdim etilishi, Hizmatning faoliyatiga oid shartlar bilan to’laqonli tanishib chiqqanini bildiradi.

5. Foydalanuvchining huquq va majburiyatlari

5.1. Foydalanuvchi Hizmatdan to’laqonli hajmda foydalanish, bunda Hizmatga Shahsiy kabineti va/yoki mobil telefonida tegishli operatsiyalarni amalga oshirish orqali tranzaktsiyalarni o’tkazish zaruriyatini ko’rsatish huquqiga ega. Hizmatda taqdim etilgan barcha hizmatlar bilan www.u-pay.uz saytida batafsil tanishib chiqish mumkin. Foydalanuvchi ro’yhatdan o’tganidan so’ng to’lov Hizmatidan foydalanish huquqi faqat unga tegishli bo’ladi va boshqalarga o’tkazilmaydi.

5.2. Foydalanuvchi istagan vaqtida Hizmatdan foydalanishdan voz kechish huquqiga ega.

6. Qo’shimcha shartlar

6.1. Hizmat o’zgartirishlarni ommaviy ahborot vositalari va Hizmat Saytida chop etish orqali bir tomonlama tartibda Shartnomaga o’zgartirishlar kiritish huquqiga ega. O’zgartirishlar, agar ularni chop etishda qo’shimcha ravishda o’zgartirishlarning kuchga kirishiga oid boshqa muddat belgilanmagan bo’lsa, chop etilgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.

6.2. Hizmat Shartnomaning shartlari Foydalanuvchi tomonidan buzilgan holda yoki O’zR amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko’ra Shartnomani bekor qilish huquqiga ega.

6.4. Barcha bahslar va kelishmovchiliklar O’zR amaldagi qonunchiligida ko’zda tutilgan tartibda hal etiladi.

6.5. Foydalanuvchi Shartnomaning barcha shartlarini tushunganini kafolatlaydi va shartlarni hech qanday izohlarsiz va to’laqonli qabul qiladi.

6.6. Foydalanuvchi Hizmatdan Oferta va Hizmat saytida ko’rsatilmagan boshqa maqsadlarda foydalanmaslikni kafolatlaydi.

6.7. Foydalanuvchi tomonidan Oferta shartlari buzilgan holda Hizmat tomonidan cho’ra ko’rilmaganligi Hizmatni keyinroq o’z manfaatlari muhofazasini amalga oshirish huquqidan mahrum qilmaydi, shuningdek, Foydalanuvchi tomonidan kelajakda shu kabi yoki shunga o’xshash qoida buzilishlari amalga oshirilgan taqdirda, Hizmatning o’z huquqlaridan voz kechishini bildirmaydi.

Men o'qib chiqdim va shartlarini qabul qildim.

Karta raqami

Oy

Yil

1400

UPAY - Kod podtverjdeniya: 123456.

Sayt: www.u-pay.uz, USSD: *850#

Sizga yuborilgan SMS-xabardagi tasdiqlash kodini kiriting.

SMS-xabarni kutish: 00:30

upay Chiqish
Valyutalar kursi: 1 USD = 2893.92 so'm * 1 EUR = 3290 so'm
UPAY ning yangi hamkori HOSTIM.UZ
  • To'lovlar

  • Tovar harid qilish

  • To'lovlar tarixi

  • Doimiy to'lovlar

  • Mening kartalarim

  • Sozlamalar

Ro'yxatdan o'tish muvaffaqiayatli yakunlandi!!

Tabriklaymiz, ro'yxatdan muvaffaqiyatli o'tdingiz, endi U-PAY dasturidan foydalanishingiz mumkin!
Яндекс.Метрика